Fanning mazmuni

Fanni o‘qitishdan maqsad-bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogika fanining nazariy-tarixiy asoslari va o‘qituvchi mahoratiga doir bilimlar bilan qurollantirish, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan talablar asosida uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonini oqilona tashkil etish, pedagogik merosdan samarali foydalanish, real ta’lim amaliyotida yuksak pedagogik madaniyat va texnikani namoyon eta olishga o‘rgatish.

Fanning vazifasi talabalarni milliy va innovatsion pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga o‘rgatish;

-          o‘quv-tarbiya jarayonini samarali boshqarish, o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ishlash hamda ta’lim olganlikni tashxis etish qonuniyat va tamoyillari bilan tanishtirish;

-          o‘quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ish yo‘nalishlari hamda rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni o‘qitish va rivojlantirish mazmunini o‘zlashtirish;

-          milliy va jahon pedagogik fikrlari taraqqiyoti bilan tanishtirish hamda pedagogik merosdan samarali foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;

-          global doirada ta’lim tizimi rivojlanishining holati, asosiy yo‘nalishlari va qonuniyatlarini tahlil etish, millliy va hududiy o‘ziga xosliklardagi umumiy ko‘rinishlarni ochib berish, xalqaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlari, milliy pedagogik madaniyatni boyitish shakl va metodlarini aniqlashtirish;

-          talabalarni o‘qituvchi faoliyatida kasbiy mahoratning tutgan o‘rni, mazmun-mohiyatiga doir nazariy bilimlar hamda pedagogik faoliyatning turli ko‘rinishlarida o‘qituvchining muomala madaniyati, o‘quvchilar bilan aloqa o‘rnatish va muloqotga kirisha olish metodikasini to‘liq o‘zlashtirishlariga erishish.