I. Fanning mazmuni

  Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarning oʻzbek tilidan egallagan bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish, tanlagan ixtisosligi doirasida davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashish, nutqini kasbiy atamalar bilan boyitish, oʻzbek tilidan yuqori darajada nutqiy savodxonlikni taʼminlashga erishish.

 

Fanning vazifasi kundalik mehnat faoliyati hamda turmushda zarur boʻlgan nutqiy mavzularda oʻzbek tilida mustaqil soʻzlay olish va yozish malakalarini takomillashtirish, ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni oʻzgartira bilish malakalarini shakllantirish. Muayyan nutqiy mavzular  doirasida zaruriy grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida ogʻzaki va yozma nutqni oʻstirish, turli tipdagi matnlarni erkin tuza olish malakalarini oshirish, oʻzbek tilidagi axborotni tushunish, unga tanqidiy, tahliliy munosabat bildirishni oʻrgatish.