Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda umumiy psixologiya fani, psixika, shaxs, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari, irodaviy sifatlar, hissiy holatlar, individual-xususiyatlarga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir, hamda bo‘lajak pedagog mutaxassislar tamonidan psixik taraqqiyot qonuniyatlari, davrlari, mexanizmlari, omillari va shart-sharoitlari haqidagi zamonaviy ilmiy bilimning o‘zgartirilishini tashkil etishdir.

Fanning vazifasi talabalarga umumiy psixologiyaning mohiyati, psixika va ong tushunchalari, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar, psixik rivojlanish va uning o‘ziga xos xususiyatlari, yosh davrlari tasnifi, psixik taraqqiyotning turli bosqichlari uchun xos psixofiziologik va psixologik xususiyatlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.