Talabalarga kundalik mehnat faoliyati hamda turmushda zarur boʻlgan nutqiy mavzularda oʻzbek tilida mustaqil soʻzlay olish va yozish malakalarini takomillashtirish, ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni oʻzgartira bilish malakalarini shakllantirish. Muayyan nutqiy mavzular  doirasida zaruriy grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida ogʻzaki va yozma nutqni oʻstirish, turli tipdagi matnlarni erkin tuza olish malakalarini oshirish, oʻzbek tilidagi axborotni tushunish, unga tanqidiy, tahliliy munosabat bildirishni oʻrgatishdan iborat

Talabalarni davr talablaridan kelib chiqadigan, o‘zbek tilshunosligi fani zimmasiga qo‘yilayotgan yangi ijtimoiy buyurtma bilan tanishtirish uchun yangi lingvistik paradigma va yo‘nalishlar haqida ilmiy-metodologik ma’lumot berishdan iborat.