Fanni o‘qitishdan maqsad-talabalarda imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim muhitida ta’lim-tarbiya berishning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish.
Fanning vazifasi – talabalarda inklyuziv ta’lim ijtimoiy va ta’limiy siyosatning yangi hodisasi sifatidagi nazariy g‘oyalarni ishlab chiqish; inklyuziv ta’lim sharoitida alohida ehtiyojlarga ega bolalarni psixologik qo‘llab quvvatlashning ijobiy xorijiy tajribasini tahlil qilish; inklyuziya jarayonida alohida ehtiyojlarga ega bolalarni qulay ta’limiy muhitini tashkil etish, inklyuziv ta’lim sharoitida ta’limiy tarbiyaviy va korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni rejalashtirish va tashkil etish, inklyuziv ta’lim sharoitida ta’limiy-tarbiyaviy va korreksion- rivojlantiruvchi ishlarning yo‘llari, usullari, vositalari va mazmunini tanlash va uni asoslash; inklyuziv ta’limning aniq pedagogik muammolarini hal qilishda pedagogik hodisani tavsifalash; izohlash, prognozlash ko‘nikmalarini rivojlantirish; talabalarda insonparvarlikka yo‘naltirilgan professional dunyoqarashni, alohida ehtiyojlarga ega bolalar bilan ishlashga shaxsiy tayyorgarligini va ularga pedagogik yordam ko‘rsatish uchun bilim olish istagini shakllantirishdan iboratdir.
- O'qituvchi: Intizor Ruzimova