Akmeshaxs – akmeologiyaning asosiy predmeti bo‘lib, uning mazmun-mohiyati – insonning har bir kasb-hunarni ilm-bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas’uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishi jihatlarini fanlar bilan uyg‘unlikda o‘rganishdan iborat bo‘lib, insonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy dunyosida yuksakroq cho‘qqilarga, kasbiy kamolotda mukammallik bosqichiga erishish muammolarini o‘rganadi.