Pedagogik konfliktologiya fanini o‘qitishdan maqsad - bo‘lajak o4qituvchilarni zamonaviy pedagogik konfliktologiya asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirishdir. Shu bilan birga, yoshlarga hayotdagi konfliktlar bo‘yicha keng nazariy va amaliy bilimlar berish orqali yoshlami jamiyatda mustaqil va faol fuqaro sifatidagi ishtiroki uchun zamin yaratish, boshqa insonlar bilan tabiiy bo‘lgan turli ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ruhiy, psixologik muloqotlarda ular ongi, tafakkuri va axloqida kamtarlik, mehribonlik, halollik, to‘g‘riso‘zlik, samimiylik, vijdoniylik, o‘z so‘zida turish kabi xislatlami tarbiyalashdan iborat.