Tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi fanining maqsadi-talabalarga bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi, tasviriy faoliyat turlari, tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini tashkil etish va o'tkazish metodikasi bilan tanishtirish haqida bilim berishdan iborat.
Fanning vazifasi-talabalarga maktabgacha ta'limda tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi fanining ilmiy-pedagogik asoslarini bilishi, maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati, turlari va o'ziga xosligini o'rganish; rasm, loy, applikatsiya, qurish-yasash orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy ijodkorliginirivojlantirish; maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini rejalashtirish va tashkil qilish metodikasini; mashg'ulotdan tashqari vaqtlarda tasviriy faoliyatni tashkil qilish; maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy qobiliyatni rivojlanganlikni aniqlash kabi vazifalarni bajaradi.
- Teacher: Hilola Qadamboyeva