Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda tirik organizmlarning mikroskopik dunyosi, ya’ni hujayralarning submikroskopik tuzilishi va hayotiy jarayonlari (sitologiya), to‘qimalarning shakllanishi, differensiasiyasi va funksiyalari (gistologiya) hamda organizmlarning embrional rivojlanish qonuniyatlari (embriologiya) haqida mukammal, zamonaviy va fundamental bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularni laboratoriya-tadqiqot faoliyatiga tayyorlashdir.