Umumiy kimyo moduli talabalarda kimyoning fundamental qonunlari va nazariy asoslari, moddalarning tuzilishi, tarkibi, xossalari hamda kimyoviy o‘zgarishlarning umumiy qonuniyatlari to‘g‘risida tizimli bilimlarni shakllantirishga qaratilgan. Modul doirasida atom tuzilishi, davriy qonun va davriy sistema, kimyoviy bog‘lanish, kimyoviy reaksiyalar, eritmalar, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, kimyoviy termodinamika, kimyoviy kinetika va muvozanatning asosiy tushunchalari o‘rganiladi. Shuningdek, laboratoriya mashg‘ulotlari orqali nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, tajribalarni bajarish, natijalarni tahlil qilish hamda kimyoviy jarayonlarni ilmiy asosda izohlash ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
- Teacher: Sevara Ro'zmetova