Fanni o‘qitishning vazifasi – talabalarga nutq madaniyati talablarini o‘zlashtirish qoidalarini, mutolaa jarayonida ifodali o‘qish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish usullarini, badiiy asarda ilgari surilgan g‘oyaviy mazmunni, konsepsiyani, muallifning hayot haqidagi falsafiy mushohadalarini, tildan foydalanish mahoratini, asarning badiyatini, obrazlarning ma’naviy qiyofasini, ruhiy olamini ochish va ilmiy tahlil qilish, tinglovchiga yetkazish, me’yoriylikka asoslangan og‘zaki va yozma nutq ko‘nikma va malakalarini hosil qilishdan iborat.