Fanni oʻqitishdan maqsad talaba yoshlarni madaniy va ma’naviy ildizlardan bahramand etishga qaratilgan. Adabiy namunalarni o‘rgatish, o‘zlashtirish orqali ularning dunyoqarashini kengaytirish, tafakkur ko‘lamini yuksaltirish, badiiy so‘z qudratini his qilish va his qildira olish qobiliyatini shakllantirish, yuksak axloq va did egalarini tarbiyalash nazarda tutilgan.