Fanni oʻqitishdan maqsad – talaba yoshlarni madaniy va ma’naviy ildizlardan
bahramand etishga qaratilgan. Adabiy namunalarni o‘rgatish, o‘zlashtirish
orqali ularning dunyoqarashini kengaytirish, tafakkur ko‘lamini yuksaltirish,
badiiy so‘z qudratini his qilish va his qildira olish qobiliyatini
shakllantirish, yuksak axloq va did egalarini tarbiyalash nazarda tutilgan.