Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad–bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogika fanlarining nazariy va tarixiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish. Ilmiy-nazariy asoslari, pedagogika nazariyasi tushunchasi, uning kategoriya va tamoyillari, o‘quv jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qo‘yilgan zamonaviy talablar, ta’lim oluvchilar shaxsi omillari, uning shakllanish taraqqiyoti, yagona o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish, tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillarini amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga asoslangan holda o‘quv-tarbiya ishlarini o‘tkazish, ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarini amaliyotda qo‘llash, pedagogik vaziyatlarni, ta’lim va tarbiya natijalarini tahlil etish, o‘quvchilar jamoalarini o‘rganish, ta’limda orqada qolish sabablarini aniqlash, pedagogika tarixi kishilik jamiyatining taraqqiyot tarixi va hayotdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish.
- O'qituvchi: Doniyor Nafasov