Fanni oqitishdan maqsad - talabalarga  geografiya fanlar tizimi, geografiya fanining rivojlanish tarixi, Umumiy Yer bilimining maqsad va vazifalari, tadqiqot usullari,  Koinot, Quyosh tizimi, geografik qobiqda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalar, geografik qobiqni yaxlit tizim sifatida bo‘ylama va ko‘ndalang tuzilishi, geografik qobiqning tarkibiy qismlari, undagi  harakatlar, ularning  kelib chiqish sabablari va rivojlanish qonuniyatlari, jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqasi hamda insonning geografik jarayonlarga ta’siri, geografik bashorat haqida bilim berish, tahlil  qilishga o‘rgatish, tahliliy – tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish.